Joriy yilning 12-noyabr kuni «INFOLIB O‘zbekiston-2025» XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Axborot-kutubxona markazi fondni to’plash, saqlash va ishlov berish xizmati rahbari Z. Bekimbetova va mutaxassisi N. Dawletova tomonidan «Kitob mutolaasi ma’naviy etuklik kaliti» mavzusida yangi adabiyotlar ko’zrgazmasi tashkillashtirildi. Ko’rgazmaga Taxiatosh tumani 9-sonli maktabning ona – tili va adabiyot fani o’qituvchisi D. Matqurbanova hamda maktab o’quvchilari tashrif buyurishdi. Ko’rgazma davomida Z. Bekimbetova tomonidan yangi adabiyotlar haqida qisqacha aytib o’tildi, shuningdek kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbai, kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai ekanligi haqida ham so‘z yuritildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы