Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ko’kda quyosh nuri, qo’lda kitob dunyosi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilninng 12-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi A.To’reniyazova  tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2025» XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Ko’kda quyosh nuri-qolda kitob dunyosi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida Qaraqalpaqstan pedagogika texnikumi kutubxonachisi M.Sedametova va kitobxon yoshlar ishtirok etishdi. Davra suhbati davomida A.To’reniyazova «INFOLIB O‘zbekiston-2025» XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligini, haftalik davomida turli tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilganligini aytib o’tdi va davra suhbatini davom etdi. Davra suhbatida u o’z so’zi davomida quyosh nuri — hayot manbai ekanligini, u bo‘lmasa, yerda yashash bo‘lmasligini, xuddi shuningdek, kitob — inson tafakkuri va ma’naviyatining quyoshi ekanligini, kitob bo‘lmasa, insoniyat ma’naviy zulmatda qolishi mumkinligini, quyosh bizga jismoniy yorug‘lik bersa, kitob bizning qalbimizni va ongimizni yoritishini, kitob o‘qigan odam dunyoni boshqacha ko‘rishini — u fikrlashini, tahlil qilishini , orzu qilishini, har bir sahifa, har bir satr — yangi dunyo, yangi kashfiyot ekanligini ta’kidlab o’tdi.