Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob millatning bebaho, ma’naviy va madaniy merosi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Joriy yilning 14-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat ko’rsatish  xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani 10-sonli maktab kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy Axborot- kutubxona haftaligi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limiga qarashli 8-sonli maktab kutubxonasida yosh kitobxonlar bilan birgalikda “Yangi avlod kitobxonlari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat ko’rsatish  xizmati mutaxassisi A.Abiyeva olib bordi. Suhbati 8-sonli maktab kutubxonachisi I.Aralbaeva ochib berdi. U o’z so’zida. har bir o‘qilgan asar — bu yangi dunyo, yangi g‘oya, yangi tajriba ekanligini,  kitoblar orqali biz o‘tgan avlodlar bilan muloqot qilishimizni, buyuk mutafakkirlarning fikrlari bilan tanishishimiz kerakligini, kelajak uchun o‘z yo‘limizni topishimiz kerakligini ta’kidlab o’tdi.

Shu boisdan, bugungi yoshlar — yangi avlod kitobxonlari — zamonaviy texnologiyalar bilan birga kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarur ekanligini, elektron kutubxonalar, audiokitoblar, buktreylerlar, onlayn o‘qish klublari – bularning barchasi kitobxonlikning yangi shakllari ekanligini, biz, kattalar, o‘qituvchilar, ota-onalar, kutubxonachilar, yoshlarni kitobga yaqinlashtirishda o‘zimiz namunali bo‘lishimiz kerakligini, o‘qigan ona – o‘qigan farzandni, o‘qigan o‘qituvchi – o‘qigan jamiyatni tarbiyalashini ta’kidlab o’tdi.