Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025» XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining yopilish marosimi bo’lib o’tdi.

Joriy yilninig 14-noyabr  kuni,   Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 10-14-noyabr kunlari oralig’ida bo‘lib o‘tkan «INFOLIB O‘zbekiston-2025» XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligida faol ishtirok etgan tashkilotlar va kitobxonlarni taqdirlash va haftalikning yakunlash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkillashtirildi.

Tadbir boshida Axborot-kutubxona markazi hodimi J.Qadirbaeva tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligida faol ishtirok etgan tashkilotlar va ishtirokchilarga, kitobxonlarga minnatdorchilik bildirib o‘tildi. Tadbirda tuman xokim o΄rinbosari U.Aytimbetov ishtirok etib tadbir ishtirokchilariga minnatdorchiligini bildirib, Axborot-kutubxona markaziga 8 dona o΄zbek va jahon adabiyotlaridan kitoblar sovg΄а etdi. Undan so‘ng, 10-14-noyabr kunlari oralig’ida bo‘lib o‘tkan tadbirlarda, tanlovlarda faol ishtirok etgan Qaraqalpaqstan pedagogika texnikumi va Politexnika texnikumi kutubxonachilari va talabalari, MTMBga qarashli maktab kutubxonachilari, faol kitobxon yoshlar, tumandagi 99651-sonli Harbiy qismi jamoasi Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Diplom» va «Tashakkurnomalar» bilan taqdirlandi.

Taqdirlash ma’rosimidan so‘ng,  faol kitobxonlari tomonidan she’rlar aytilib, qo‘shiq va raqslar bilan kontsert dasturi davom etti.