Joriy yilning 18-noyabr kuni, Taxiatosh tuman Musiqa va sa’nat maktabida tuman miqyosida 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligi munosabati bilan bayram dasturi tashkillashtirildi. Bayramni tuman hokim o΄rinbosari U.Aytimbetov ochib berdi. Undan so’ng yig’ilganlarni Taxiatosh tuman prokurori A.Qipshaqbaev bayram bilan tabrikladi. U o’z so’zida bugun – 18 noyabr, yurtimiz tarixidagi eng ulug‘ sanalardan biri ekanligini, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun ekanligini, bu sana xalqimizning milliy g‘ururi, mustaqilligi va abadiy qadriyatlarini ifoda etuvchi muqaddas bayrami ekanligini aytib o’tdi.Osmonimizda hilpirab turgan bayrog‘imiz – tinchlik, adolat, taraqqiyot va birdamligimizning yorqin ramzi ekanligini, u bizning yurtga sadoqatimiz, kelajakka bo‘lgan ishonchimiz va milliy birligimizni ifodalashini aytib o’tib, bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin! Bayrog‘imiz – g‘ururimiz! Mustaqil O‘zbekiston – faxrimiz! deya bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida Madaniyat hodimlari tomonidan kuy qo’shiq va raqslari namoyish etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы