Joriy yilning 14-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A. Abiyeva tomonidan Taxiatosh tumani 8-sonli maktabning boshlang’ich sinf kitobxonlariga “Kitob mening do’stim” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatni boshlang’ich sinf rahbari K.Shamshadinova ochib berdi.
Kitob inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi, uni fikrlashga, izlanishga undaydi. Kitobni ko‘p o‘qigan o‘quvchi nutqi ravon, fikri aniq, tasavvuri keng bo‘ladi. Har bir kitob yangi dunyo, yangi qahramon, yangi saboq demakdir. Bugungi kunda kitob – insonning eng yaqin do‘sti bo‘lib qolmoqda. Chunki u sizni sira aldab qo‘ymaydi, sizga zarar yetkazmaydi, balki tarbiyalaydi. Suhbat davomida kitobxonlar bilan “Men tanlagan kitob” mavzusida amaliy mashg‘ulot o’tkazildi. Bunda har bir ishtirokchi: bir dona sevimli kitobini tanlaydi, 1 daqiqa ichida kitobni nega yoqtirganini aytadi. Bu suhbatni jonlantirdi.Kitobxonlar “Tarbiya kitobi”, “Zamonasidan ilgarilab ketgan aqil sohibi” va “Kishkene shahzada” ertak kitoblaridan ertak qahramonlari haqida suhbatlashdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы