Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Xotin-qizlar huquqlari» mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi.

2025-yil 25-noyabr – 10-dekabr kunlari o‘tkaziladigan, Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan, 2025 yil 25-noyabr kuni,  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan  Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazida  Taxiatosh tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha og’a inspektori X.Urinbaeva va Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan birgalikda «Xotin-qizlar huquqlari»  mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi. Davra suxbatiga Axborot-kutubxona markazi mutaxasisslari va faol kitobxon onalar ishtirok etdi.

Davra suxbatini Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva olib bordi. U o‘z so‘zida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi T.Narbaevaning  2025-yil 6-noyabrdagi 16-sonli bayoni bilan tanishtirib, «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» mavzusida kampaniya tashkil etilganligi va uni yuqori saviyada o‘tkazish kerakligi haqida aytib o‘tdi.  Davra suxbati davomida, Taxiatosh tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha og’a inspektori X.Urinbaeva  о‘z so‘zida, oila va jamiyatda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va barqarorlikni mustahkamlash, gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash – bu nafaqat huquqiy talab, balki yosh avlodga bo‘lgan mas’uliyat, kelajak taraqqiyoti uchun har bir yoshning qobiliyatini rivojlantirish, ularning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ayol-qizlarni hurmat qilish, ularning so‘z erkinligi, muhitda o‘z o‘rnini topishi aynan shu oiladan boshlanishini aytib o‘tdi.

Suxbat davomida ishtirokchilarga  «Oilaviy zo‘ravonlik-jinoyatmi?» mavzusida bukletlar tarqatildi.