Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Manaviyat va marifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi bilan birgalikda “Shoir va yoshlar ” uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning  26-noyabr kuni  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi  va  Respublika Manaviyat va marifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi  bilan birgalikda  “Shoir va yoshlar ” mavzusida  uchrashuv kechasi  tashkillashtirildi.  She’r – bu qalbning nidosi, so‘zning sehridir. Bugungi uchrashuvimizning faxrli mehmoni — Taxiatosh tumanida istiqomat qiluvchi asli kasbi temirchi, sheriyat olamida yuraklarni uyg‘otuvchi  misralar  muallifi,  samimiy  fikrlari  bilan yosh  avlodga  ilhom berib kelayotgan shoirimiz  Z.Xojalepesov  mehmonda  bo’ldi.  Kechaga Respublika  Manaviyat  va  marifat  markazi  tuman  bo’limi  boshlig’i  M.Djumamuratova, Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaeva, 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva, kitobxon yoshlar va  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi  mutaxasisslari ishtirok etishdi.  Bugungi kecha “Shoir va yoshlar” deb bejiz nomlanmagan. Chunki yoshlar — ijodning davomchilari, kelajak adabiyotining asosiy tayanchi. Shoir esa — ularning qalbiga yorug‘lik, mehr va fikr ulovchi bir nur. Bizning maqsadimiz: yoshlarni badiiy so‘z  olamiga  yaqinlashtirish, ijodkorlikka undash, savol-javoblar orqali shoirimizning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish deya kechani Respublika Manaviyat va marifat markazi tuman bo’limi boshlig’i M.Djumamuratova ochib berdi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan shoirning ijodiy yo‘li haqida  berilgan savollarga javoblar  oldi.  Shoirning  yangi  mashhur she’rlaridan namuna o‘qib berishdi.  Shoirimizga o‘zining samimiy fikrlari va ilhombaxsh she’rlari uchun minnatdorchilik bildirildi.