Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to’lish munosabati bilan “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida adabiy kecha bo’lib o’tdi.

Joriy  yilning  27-noyabr  kuni  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi  va  Maktabgacha  va  maktab  ta’limi  bo’limiga  qarashli  10-sonli  turkman tili  maktabi  bilan  birgalikda  Qoraqalpoq  tiliga  davlat  tili  maqomi berilganiga  36 yil  to’lishi  munosabati  bilan  “Tilga e’tibor – elga e’tibor” mavzusida adabiy kecha  tashkillashtirildi.  Kechani  Axborot – kutubxona  markazi  Abonomentlar va  foydalanuvchilarga  xizmat  ko’rsatish  xizmati mutaxassisi  N.Mamutova  olib bordi.  Kechaga 10-sonli maktabning  Manaviyat  va  marifat  ishlari  bo’yicha director  o’rinbosari  A.Gazzakova,  maktab  kutubxonachisi  Sh. Raxmanova Axborot -kutubxona  markazi mutaxasissi  A.Abiyeva, maktab o’qituvchilari  va  maktab o’quvchilari  ishtirok  etishdi.  Kechani 10-sonli maktab direktori A.Begjanov  ochib  berdi  va  yig’ilganlarni  bayram bilan tabrikladi.  Kecha davomida 10-sonli  maktabning  o‘quvchilari  tomonidan  she’rlar aytilib, qoraqolpoq  tilida  raqslar  va kuy – qo‘shiqlar  ijro  etildi.