Joriy yilning 4-dekabr kuni Qoraqalpog’iston pedagogika texnikumida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yil to’lishi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.
Zakovat o’yinida hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova va Qoraqalpog’iston pedagogika texnikumi yoshlar yetakchisi Y.Orazimbetovalar ishtirok etdi. O’yinni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi.
Zakovat intellektual o’yinida Qoraqalpog’iston pedagogika texnikumining kitobxonlaridan tarkib topgan “Everest” jamoasi, “Renesans” jamoasi, “Alfraganus” jamoasi, “Zukkolar” jamoasi, “Liderlar” jamoasi va “Algoritm” jamoalari o’z-aro bellashdilar. Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga ko’ra, I-o’rinni “Liderlar” jamoasi, II-o’rinni “Everest” jamoasi va III-o’rinni “Renesans” jamoalari egalladilar.
G’oliblar diplom bilan taqdirlanishdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы