Joriy yilning 4-dekabr kuni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qismda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.
O’yinni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi. Zakovat o’yinida hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova va 99651-harbiy qism xizmat boshlig’i B.Buxariev baholab bordi.
Zakovat intellektual o’yinida 99651-Harbiy qism askarlaridan tashkil topgan «Qalqon», «Yoshlar», tuman Ixtisoslashtirilgan maktabdan “Qonun” jamoasi, 4-sonli maktabdan «Renesans» jamoalari ishtirok etdi.
Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga ko’ra, I-o’rinni “Renesans” jamoasi, II-o’rinni “Qonun” jamoasi va III-o’rinni “Qalqon” jamoalari egalladilar. G’oliblar diplom bilan taqdirlanishdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы