Joriy yilning 5-dekabr kuni Taxiatosh tumani 7-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tuman miqyosida tadbir dasturi bo’lib o’tdi. Tadbirni Taxiatosh tumani prokurori A.Qipshaqbaev o’z tabrik so’zi bilan ochib berdi. Keyin so’z navbati Taxiatosh tumani hokimi o’rinbosari U.Aytimbetovga berildi va u o’z so’zida Taxiatosh xalqini bayram bilan tabrikladi.
Tadbir davomida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Tadbir Madaniyat xodimlari tomonidan tashkillashtirilgan konsert dasturi bilan davom etdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы