Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Jaditchilik- uyg’onish davri» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 9-dekabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A.Abiyeva tomonidan Taxiatosh tumani 4-sonli maktab kutubxonasida «Jaditchilik- uyg’onish davri» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Bunda, A.Abiyeva tomonidan jaditlar haqida, jadidlar xalqni ma’naviy uyqudan uyg‘otishi, ilm-ma’rifat sari yetaklashi va bugungi mustaqil tafakkurga ega jamiyatning poydevorini yaratishi, ular kurashgan g‘oyalar hozirgi kun ta’limi, madaniyati va milliy o‘zlikni shakllantirishda asosiy o‘rinni egallashi, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston hududida yuzaga kelgan ma’rifiy-ijtimoiy harakat bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni ilm-ma’rifatga, zamonaviy tafakkurga chorlash, millatni uyg‘otish va yangilash ekanligi, bu harakat vakillari “jadidlar” deb atalishi haqidagi ma’lumotlarni aytib o’tdi.

Suhbatga 4-sonli maktab kutubxonachisi R.Kenjebaeva  va maktabning kitobxon o’quvchilari ishtirok etishdi.