Joriy yilning 10-dekabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A.To’reniyazova tomonidan «Kitobxon onalar» kuni munosabati bilan “Kitobxon ona-oila nuri” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbati mehmoni faol kitobxon, farzandlar tarbiyasida beqiyos o’rin tutuvchi mehribon ona, Qoraqalpog’iston Pedagogika Texnikumi Qoraqalpoq tili va adabiyoti o’qituvchisi va metodisti Guljahan Abdullaeva va kitobxonlar bo‘ldi.
Suhbat davomida mehmonimiz o‘z so’zida – Ona – oila beshigi, kitob esa uning ma’naviy ustuni. Ona tarbiyasi – eng buyuk maktab, kitob esa uning eng yaqin yordamchisi, kitob o‘qish men uchun nafaqat bilim manbai, balki ruhiy taskin. Farzandlarimni ham kitobga oshno qilishga harakat qilaman. Ular bilan birga o‘qib, birga bahs qilamiz. Bu bizning oilaviy an’anamizga aylangan deya o‘zining samimiy fikrlarini aytib shuningdek, kitobxonlarga kitob o’qish bo‘yicha tavsiyalarini ham aytib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы