Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Zakovat bilimdoni” mavzusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 18-dekabr kuni Taxiatosh tumani Harbiy qismda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Zakovat bilimdoni” mavzusida zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.

O’yinni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi. Zakovat o’yinida hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmat mutaxasissi D.Utemuratova va Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaevalar ishtirok etdi.

Zakovat intellektual o’yinida Harbiy qism askarlaridan tashkil topgan «Qalqon» jamoasi, tuman Ixtisoslashtirilgan maktabdan “Qonun” jamoasi, 4-sonli maktabdan «Renesans» jamoalari ishtirok etdi.

Hakamlar ha’yati a’zolarining natijalariga ko’ra, I-o’rinni “Qalqon” jamoasi, II-o’rinni “Renesans” jamoasi va III-o’rinni “Qonun” jamoalari egalladilar.

G’oliblar diplom bilan taqdirlanishdi.