Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Vatanni sodiq va mard farzandlar himoya qiladi» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 12-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Vatanni sodiq va mard farzandlar himoya qiladi» mavzusida kitob, rasmli ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Ushbu kitob, rasmli ko‘rgazmada O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan jasur va fidoyi harbiy xizmatchilar hayoti, ularning mashg‘ulotlari, Vatanga bo‘lgan sadoqati va mardligi aks ettirilgan.

Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan himoyachilarimiz — bugungi va kelajak avlod uchun ibratdir. Ularning jasorati, intizomi va vatanparvarligi har bir yurtdoshimiz qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.

«Vatanni sodiq va mard farzandlar himoya qiladi».