Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobxon onalar» kuni munosabati bilan “Ona va kitob” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 16-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan “Ona va kitob” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Axborot-kutubxona markazi tomonidan targ’ib etilayotgan kitobxonlik madaniyatida onalarimizning o‘rni beqiyos. Chunki ona — farzand qalbiga ilk so‘zni, ilk tarbiyani va ilk kitobga bo‘lgan mehrni singdiruvchi muqaddas zotdir.

Suhbatning bugungi mehmoni Kitobxon ona — nafaqat oilada, balki mahallada ham kitob mutolaasini targ‘ib etib kelayotgan, farzandlariga ibrat bo‘layotgan, bo‘sh vaqtini kitob bilan mazmunli o‘tkazadigan, ma’naviy yetuk ayol 25 yil davomida o’qituvchilik qilgan hozirda nafaqadagi onamiz Nabira Baltabaeva. U kishi badiiy adabiyot, tarbiyaviy va ma’rifiy kitoblarga alohida qiziqish bildiradi hamda farzandlarini ham kitobxon bo‘lib voyaga yetishiga katta e’tibor qaratadi. Kitobxonlarga kitob o’qishni tavsiya qildi va o‘qigan kitoblari haqida aytib o‘tdi. Bunday onalar — jamiyatimiz ma’naviy tayanchi, kitobsevar avlod tarbiyasining mustahkam poydevoridir.

Tadbirga 3-sonli maktab kutubxonachisi A.Aymahanova, “Kelajak” markazi Manitoring mutaxassisi G.Taganberdiva va kitobxonlar ishtirok etishdi.

Тadbir davomida kitobga oshno, ziyoli Kitobxon onaga kitobsevarlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berib suhbat yanada qizg’in tus oldi.   Suhbat qiziqarli va mazmunli yakunlandi.