Joriy yilning 29-yanvar kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Utemuratova tomonidan 30-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 88 yilligiga bagʻishlab “Xalqim qalbida mangu yashagan siymo” mavzusida rasmli kitob ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Mazkur rasmli ko‘rgazma Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abduganievich Karimovning hayoti, faoliyati va Vatanimiz mustaqilligi yoʻlidagi tarixiy xizmatlariga bagʻishlanadi.
Shuningdek, koʻrgazmada Islom Karimovning bolalik va yoshlik yillari, siyosiy faoliyati, Oʻzbekiston mustaqilligini e’lon qilgan tarixiy davrlar, xalqaro maydondagi uchrashuvlari hamda xalq farovonligi yoʻlidagi fidokorona mehnatini aks ettiruvchi fotosuratlar, kitoblar va hujjatlar oʻrin olgan.
Islom Karimov Oʻzbekiston mustaqil davlat sifatida shakllanishi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, milliy qadriyatlarni tiklash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻlida beqiyos xizmatlar qilgan. Uning “Avvalo — inson, soʻngra jamiyat va davlat” degan tamoyili bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Mazkur koʻrgazma yoshlarni yurtimiz tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, mustaqillik gʻoyalarini keng targʻib etish hamda Birinchi Prezidentimiz xotirasini yod etish maqsadida tashkil etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы