Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Zakovat” intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Joriy yilning 6-fevral kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi binosida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi bilan birgalikda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — kutubxonachilarning bilim darajasi, mantiqiy fikrlash qobiliyati va tezkor tafakkurini rivojlantirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. Tadbirda tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha maktablarning kutubxonachilari, Taxiatosh tumani Politexnikumi Axborot-resurs markazi kutubxonachilari, Taxiatosh tumani Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogika Texnikumi kutubxonachilari va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.

Zakovatni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi rahbari M.Djumamuratova o‘zining samimiy fikrlari bilan ochib berdi. Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi T.Seydova hay’at a’zosi sifatida ishtirok etdi. O‘yinda kutubxonashunoslikga va umumiy bilimga oid savollar, mantiqiy savollar berildi. Savollarga belgilangan vaqt davomida javoblar olindi va hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Barcha ishtirokchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi tomonidan «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi.