Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-fevral Buyuk shoir Mir Alisher Navoiy va 14-fevral Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab adabiy kecha tashkillashtirildi.

Joriy yilning 9-fevral  kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 17-sonli maktab bilan birgalikda O‘zbek adabiyotining ikki buyuk siymosi –Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlab “Adabiy meros – Alisher Navoiy ” va “Bobur – Jasorat va ijod timsoli” mavzusida adabiy kecha tashkillashtirildi. Kechaga 17-sonli maktabning Ona tili adabiyoti fani o‘qituvchisi Z.Kamalova, B.Sadaddinova, Ma’naviyat va Ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Sadaddinova, 17-sonli maktab kutubxonachisi A.Dauletmuratova, Chaqiriqga qadar boshlang’ich tayyorgarlik rahbari U.Alaminov, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova va  yosh kitobxonlar ishtirok etishdi. Kechani maktabning Ma’naviyat va Ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Sadaddinova ochib berdi va bayram bilan tabrikladi.

Kecha davomida g‘azallar, sahna ko‘rinishlari va dilbar raqslar orqali ularning boy adabiy merosi yana bir bor yodga olindi.

Navoiy va Bobur asarlari — millatimiz ruhi, ma’naviyati va tafakkurining yorqin namunasidir. Ularning ijodi yosh avlodni ezgulikka, ilmga va vatanparvarlikka chorlab kelmoqda.