Joriy yilning 13-fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Siyosiy-ma’rifat soati»ning navbatdagi 6-soni bo‘lib o‘tdi. Haftaning har juma kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘quv soatida Axborot-kutubxona markazi hodimlari ham faol ishtirok etdi. «Siyosiy-ma’rifat soati»ning bugungi sonida yurtimizda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar hamda ma’naviy-ma’rifiy videolavhalar namoyish etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы