Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli» shiori ostida «Ayollarni e’zozlash» oyligi doirasida «Ayolga hurmat – ma’naviy boylik» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini keng nishonlash, shuningdek, joriy yil 15-fevraldan 15-martga qadar barcha hududlarda «Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli» shiori ostida «Ayollarni e’zozlash» oyligini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu chora-tadbirlar dasturini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-fevral kuni Taxiatosh tumani «Do‘stlik» mahalla fuqoralar yig’inida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Ayolga hurmat – ma’naviy boylik» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

«Do‘stlik» MFY xotin-qizlar faoli R.Sultanmuratova o‘zining samimiy fikrlari bilan tadbirni ochib berdi. Suhbatga «Do‘stlik» MFYda yoshovchi faol ayollar ishtirok etdi. Tadbirni Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi A.Abieva olib bordi.

         Suhbatda mamlakatimizda xotin-qizlarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, ularning yurtimizda tutgan o‘rni, ilm-fan sohalarida ayollarning etukliklari haqida suhbatlashildi. Suhbat so‘ngida, suhbat ishtirokchilari tomonidan Ona, ayol mavzularida she’rlar aytilib o‘tildi.