Joriy yilning 17-fevral kuni, Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning kutubxona mudiri D.Xalbaeva, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi G.Tajimuratova va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga sayohat tashkillashtirildi.
Sayohatga tashrif buyurganlar uchun Axborot-kutubxona markazidagi shart-sharayotlar, ular uchun o‘quv zali, bolalar adabiyoti bo‘limi va ma’lumot-qidiruv burchaklari mavjudligi, turli yo‘nalishdagi kitoblar: ertaklar, qissalar, romanlar, she’riy to‘plamlar, ensiklopediyalar, darslik va qo‘llanmalar shuningdek, Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlaridan bevosita foydalanishi mumkinligi aytib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы