Joriy yilning 18-fevral kuni Taxiatosh tumani 1-sonli texnikumining Axborot-kutubxona markazi mudiri M.Babajanova texnikumning 9/25 “Kompyuter grafikasi” va 10/25 “Qutqaruvchilar” guruhi talabalari tomonidan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga sayohat tashkillashtirildi.
Mazkur sayohatdan asosiy maqsad — o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida o‘quvchilar – kutubxonaning bo‘limlari, badiiy va ilmiy adabiyotlar fondi, elektron resurslar, kitobni qidirish va buyurtma berish tartibi bilan tanishib ular haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o‘quvchilarga kitobdan samarali foydalanish, mutolaa madaniyati va axborotni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы