Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Kelajak bekajonlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Kelajak bekajonlari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Tadbir tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-sonli maktabning 11-sinf kitobxon qizlari davrasida o‘tkazildi. Tadbirni Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva olib bordi. U o‘z so‘zida Ayol baxti – oila va jamiyat farovonligi asosi hisoblanishi, ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob fazilatlardan biri ekanligi, keyingi yillarda ayollarni ardoqlash borasida yurtimizda olib borilayotgan isloxatlar borasida suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida kitobxon qizlar tomonidan “Ona”, ayol-qizlar mavzusida she’rlar va o‘zlarining kelajaktagi arzulari haqida aytib o‘tildi.