Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning tavalludiga 111 yil to‘lishi munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 27-fevral kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning tavalludiga 111 yil to‘lishi munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Mazkur ko‘rgazmada Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodiga oid asarlar, xotiralar hamda adabiy merosiga bag‘ishlangan kitoblar va rasmli ko‘rgazmalar joylashtirilgan.

Kutubxona mutaxassisi tomonidan kitobxonlarga Zulfiyaning hayot yo‘li, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, vatanparvarlik va muhabbat mavzusidagi she’rlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Kitobxonlar esa shoira asarlari bilan yaqindan tanishib, uning boy ijodidan bahramand bo‘lmoqda. Bunday ko‘rgazmalar yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda shoira ijodini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.