Joriy yilning 27-fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi bilan homkorlikda «Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli» shiori ostida «Ayollarni e’zozlash» oyligi doirasida “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida poeziya kechasi tashkil etildi.
Tadbir bahor faslining malikasi, she’riyat gulshanning bulbuli Zulfiyaxonim Isroilovaning tavallud topgan kunlarini nishonlashga bag’ishlandi. Tadbirni Ixtisoslashtirilgan maktabning kutubxona mudiri Dilfuza Xalbaeva o‘zining samimiy fikrlari bilan ochib berdi.

Tadbirni Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova olib bordi. A.Vaysova tomonidan Z.Isroilovaning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib o‘tildi.

Maktabning 7-sinf kitobxon qizlari shoira Z.Isroilovaning ijodidagi she’rlaridan aytib o‘tdi. Shuningdek, o‘zlarining ijodidagi she’rlaridan ham o‘qib eshittirdi. Tadbir so‘ngida, ijodkor qizlar Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillashtirilgan kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishib chiqdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы