Joriy yilning 11-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan Taxiatosh tumani Pedagogika Texnikumi binosida Buyuk allomalarga bag’ishlangan yangi adabiyotlar taqdimoti tashkillashtirildi.
Taqdimotga Taxiatosh tumani Pedagogika Texnikumining 552-guruhning “Kompyuter grafikasi”, “Dizayn operator” va 557-guruhning Maktabgacha va maktab ta’limining “Tarbiyachilar” guruhlari, Pedagogika Texnikumi kutubxonachisi M.Seydametovalar ishtirok etishdi.
Bugungi kunda yosh avlodni ilm-fan va kitobxonlikka jalb etish har birimizning muhim vazifamizdir. Shu maqsadda Axborot-kutubxona markazimizda yangi adabiyotlar taqdimoti tashkil etildi. Bugungi tadbirimiz buyuk allomalar – Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasir Forabiy, Muso al-Horazmiy, Abu Mansur al-Moturidiy, Ahmad Al-Farg’oniy, Muhammad al-Buxoriylar bu buyuk allomalar Sharq uyg‘onish davrining eng mashhur qomusiy olimlariga bag’ishlandi. Ular ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib, butun dunyo ilmiy merosida muhim o‘rin egallaganlar. Ibn Sino tibbiyot, falsafa va tabiatshunoslik sohalarida buyuk asarlar yaratib, inson salomatligini saqlash va davolash usullarini ilmiy asoslab bergan. Uning «Al-Qonun fi’t-tibb» asari asrlar davomida dunyo tibbiyotida asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. Beruniy esa matematika, astronomiya, geografiya va tarix kabi ko‘plab fanlarni chuqur o‘rganib, ilmiy kashfiyotlar qilgan. U turli xalqlarning madaniyati va ilmiy bilimlarini tadqiq etib, qimmatli asarlar yaratganliklari haqida Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan ma’lumotlar berilib o’tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы