Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobxon ona – kelajak poydevori» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 16-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan «Kitobxon onalar» kuni munosabati bilan «Kitobxon ona – kelajak poydevori» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbat mehmoni – eng go‘zal onalardan biri, kutubxonaning faol a’zosi Feruza Umirzakova bo‘ldi. Bugungi mavzu ona mehrining cheksizligi va kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritishga bag’ishlandi.

Ona – oilaning qalbi, farzand tarbiyasining eng muhim ustuni hisoblanadi. Kitob esa insonni ma’rifat, bilim va donishmandlik sari yetaklovchi bebaho manbaidir.

Kitobxonimiz o’z so’zida – Kitob – insonning eng yaqin do‘sti, maslahatchisi, kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi kengayishi, ma’naviyatining yuksalishi, ayniqsa, onalar kitobxon bo‘lsa, ularning farzandlarining ham kitobga bo‘lgan mehri uyg’onishi, farzand ko‘pincha ota-onasiga qarab o‘rnak olishi shuning uchun har bir ona kitob o‘qishi kerakligini aytib o‘tdi.  Suhbat so‘ngida kitobxon onamiz o‘zining sevib o‘qigan kitoblarini aytib berdi.