Joriy yilning 17-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Mening huquqim – mening himoyam” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Kechada 3-sonli maktabning Chaqiriqga qadar boshlang’ich tayorgarlik rahbari R.Halikov va maktabning kitobxon yoshlari ishtirok etishdi. Suhbat davomida Chaqiriqga qadar boshlang’ich tayorgarlik rahbari kitobxonlarga huquqlar – insonning erkin yashashi, ta’lim olishi, fikr bildirishi va o‘zini himoya qilishi uchun xizmat qilishi, shuningdek huquq — bu insonning qonun bilan himoyalangan imkoniyatlari, har bir inson yashash huquqiga, ta’lim olish huquqiga, sog’lom hayot kechirish huquqiga ega ayniqsa, yoshlar uchun ta’lim olish huquqi eng muhim huquqlardan biri ekanligini o‘z so‘zida aytib o‘tdi.
Bugungi kunda huquqiy bilimlarni oshirish juda muhim. Chunki huquqiy savodxonlik – bu kuch. Huquqini bilgan inson hech qachon kamsitilmaydi. Har bir inson o‘z huquqlarini bilishi, ularga hurmat bilan qarashi zarur.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы