Joriy yilning 19-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktab binosida 21-mart Abdulla Oripov tavallud kuniga bag’ishlab “Abdulla Oripov – millat iftiqori” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga 1-sonli maktab kutubxonachisi R.Qutlimuratova va maktabning kitobxon yoshlari ishtirok etishdi. Suhbat davomida shoir ijodida Vatan, ona yurtga muhabbat, insoniylik, iymon va sadoqat kabi muqaddas tuyg‘ular keng o‘rin olganligi, uning she’rlari oddiy xalq qalbiga yaqinligi, samimiyligi bilan ajralib turishi, Abdulla Oripov nafaqat shoir, balki davlat arbobi sifatida ham faoliyat yuritganligi, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi sifatida ham xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan inson ekanligi, shoirning ijodiy merosi yosh avlodni vatanparvarlik, ezgulik va ma’naviyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi haqqida suhbatlashildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы