Joriy yilning 1-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 2–aprel Bolalar kitobi kuni munosabati bilan «Kitob – barcha yaxshiliklar onasi» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Ko‘rgazmada rang-barang bolalar adabiyotlari, ertak kitoblar o‘rin olgan. Bolalar kitobi orqali bolajonlar dunyo haqida ilk tasavvurga ega bo‘ladi. Shuning uchun xar bir bola yoshligidan kitob o‘qishga o‘rganishi juda muhim. Kitob – bolaning eng yaqin do‘sti va bilim manbaidir. Bolalar kitoblari orqali yosh avlod tarbiya topadi va komil inson bo‘lib voyaga etadi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы