Joriy yilning 6-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisida 7-aprel «Xalqaro salomatlik kuni» munosabati bilan “Biz salomat turmush taraftdorimiz!” mavzusida davra suhbati tashkilashtirildi. Bunda, sanatorida dam olayotgan nuroniy otaxonlar va onaxonlar uchun yangi adabiyotlar olib borildi. Undan so‘ng, nuroniylar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi. Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘chma kutubxona esa aynan shu ezgu maqsad yo‘lida xizmat qilmoqda.
Kitob bu – bilim manbai, ruhiy oziqa va inson qalbiga shifo beruvchi bebaho boylikdir. Ayniqsa, keksalarimiz uchun kitob o‘qish – nafaqat vaqtni mazmunli o‘tkazish, balki xotirani mustahkamlash, ruhiy tetiklikni saqlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Suhbat davomida N.Mamutova har yili 7-aprel kuni «Butunjahon salomatlik kuni» sifatida keng nishonlanishi, bu sana inson salomatligini asrash, unga e’tibor qaratish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilishini, shu o‘rinda N.Mamutova sanatoridagi hamshiralik kasb egalarini har kuni bemorlar salomatligi uchun qilayotgan xizmatlari, balki mehr-muruvvat timsoli 7-aprel – «Butunjahon salomatlik kuni» bilan tabriklab o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы