Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Konstituiya – Yurtimiz rivojlanishining huquqiy asosi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 7-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli maktab kutubxonasida «Konstituiya – Yurtimiz rivojlanishining huquqiy asosi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga 3-sonli maktab kutubxonachisi A.Aymaxanova va maktabning kitobxon yoshlari ishtirok etishdi. Davra suhbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hayotida muhim o‘rin tutadigan sana — 9-aprel, ya’ni Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazildi.

Konstitutsiya — bu har bir davlatning asosiy qonuni bo‘lib, unda jamiyat va davlatning tuzilishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat organlarining vakolatlari belgilab qo‘yiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi ham xalqimizning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur Konstitutsiya xalq irodasini ifoda etgan holda, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Unda har bir fuqaroning tengligi, so‘z erkinligi, ta’lim olish huquqi, mehnat qilish huquqi kabi muhim normalar mustahkamlangan.

Shuningdek, suhbatda kitoblar ko‘rgazmasi ham  tashkillashtirildi. Kitobxonlar uchun A.To‘reniyazova tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ma’lumotlar berilib o‘tildi.