Joriy yilning 7-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 9-aprel Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag’ishlab “Temuriylar salohiyati – zehn charog’i” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Sohibqiron Amir Temur – bu tarixda mashhur bo‘lgan Temuriylar davlatining asoschisidir. Amir Temur (1336-1405) – o‘rta asrlarning buyuk sarkardasi, davlat arbobi, Markaziy Osiyoda Temuriylar saltanatiga asos solgan buyuk hukmdor. U ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik homiysi bo‘lib, Samarqandni poytaxt etib, ulkan davlat barpo etgan.
Ko‘rgazmadan asosiy maqsad Amir Temur bobomizning faoliyatini keng targ’ib qilish, kitobxonlarning tarixga, ayniqsa Temuriylar davriga qiziqishini uyg’otish, milliy g’urur va vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishdan iboratdir.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы