Joriy yilning 7 – aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi tomonidan tumanimizda joylashgan Harbiy qismda 9-aprel Buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning tavalludining 690 yilligiga bag’ishlab «Temuriylar aql maydoni» mavzusida zakovat intellektual o‘yini va 9-aprel Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
O‘yinda «Mohir jangchilar», «Mutaxassislar» hamda «Qalqon» jamoalari ishtirok etishdi. O‘yin so‘ngida «Mohir jangchilar» jamoasi eng yuqori ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Undan so‘ng, Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning tavalludining 690 yilligiga bag’ishlab taqdimot yordamida ma’lumotlar aytilib o‘tildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida harbiylar Axborot – bibliografiya xizmati mutaxassisi A.Abieva tomonidan tashkillashtirilgan kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishib chiqdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы