Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Raqamli kutubxona va uning ahamiyati» mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Joriy yilning 9-aprel kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, shuningdek zamonaviy raqamli dasturlar imkoniyatlari orqali kutubxonaga jalb etish maqsadida «Raqamli kutubxona va uning ahamiyati» mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Raqamli kutubxona – bu kitoblar, maqolalar, jurnallar va boshqa axborot manbalarini elektron shaklda saqlaydigan va internet orqali foydalanish imkonini beradigan zamonaviy axborot tizimidir. Bunday kutubxonalar an’anaviy kutubxonalarning yangi bosqichi bo‘lib, axborotni tez va qulay tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Raqamli kutubxonaning eng asosiy afzalliklaridan biri vaqt va masofadan mustaqillikdir. Foydalanuvchilar istalgan joyda va istalgan vaqtda kerakli kitob yoki ma’lumotni topishlari mumkin. Bu ayniqsa talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun juda qulay.

Tadbirda A.Vaysova tomonidan raqamli kutubxona va uning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilib o‘tildi. Shuningdek, Axborot-kutubxona markazining ijtimoiy tarmoqlari, QR-kodli kitoblari ko‘rsatib o‘tildi va kutubxonaning ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘lib, foydalanishlari uchun bukletlari tarqatildi.