Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-aprel Amir Temur tavvaludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur bilimdonlari bellashuvi” mavzusida zakovat savol-javob o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 8-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani Iqtisoslashtirilgan maktabida “Amir Temur bilimdonlari bellashuvi” mavzusida zakovat savol-javob o‘yini tashkillashtirildi. Bu o‘yinda Iqtisoslashtirilgan maktabning 8-9-10-sinf kitobxonlari ishtirok etishdi. Savollarni Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova olib bordi. Iqtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaeva hay’at a’zosi sifatida baholab bordi.

Zakovat o‘yini buyuk ajdodimiz, jahonga mashhur sarkarda va dono davlat arbobi — Amir Temur tavalludiga bag‘ishlandi. Bundan maqmaqsad – zakovat o‘quvchilarning Amir Temur hayoti va faoliyati haqidagi bilimlarini mustahkamlash, tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning tafakkurini charxlashdan iborat.

Zakovat savol-javob o‘yinida 3-o’rinni 8a-sinf, 2-o’rinni 9a-sinf va 1-o’rinni 10b-sinf kitobxonlari egalladi.