Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Onlayn bilimdon kitobxon» mavzusida savol-javob viktorina o‘yini o‘tkazildi.

Joriy yilning 14-aprel sanasida “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  onlayn kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Axborot-kutubxona markazining taqiyatas_online_kitapxana telegram guruhida «Onlayn bilimdon kitobxon» mavzusida savol-javob viktorina o‘yini o‘tkazildi.

Savol-javob viktorinasini o’tkazishdan maqsadimiz kitobxonlarning bilim darajasini oshirish, ularni fikrlashga undash va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.

Viktorina davomida ishtirokchilarga turli sohalarga oid savollar berildi. Ular o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.