Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Rasm so‘zlaydi bir hikmat» mavzusida topqirlar o‘yini o‘tkazildi.

Joriy yilning 16-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan «Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Rasm so‘zlaydi bir hikmat» mavzusida topqirlar o‘yini o‘tkazildi. Bundan maqsad ishtirokchi o‘quvchilarning har tomonlama fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, maqol va naqllarga qiziqish uyg’otish, tezkorlik va topqirligini oshirishdan iborat.

Mazkur haftalik doirasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining, xususan yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kutubxona fondidan samarali foydalanishni kengaytirish hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘yin ishtirokchilari Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogika texnikumi «Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi 556-guruh kitobxonlari bo‘ldi.

O‘yin boshida televizor ekranida rasmlar namoyish etilidi va ushbu rasmlar orqali kitobxonlar maqol va naql nomlarini topib javoblar aytishdi.  Rasmda ifodalangan maqollarni topishda o‘yin yanada qizg’in tus oldi. O‘yin yakunida faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.