Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Kitobsiz aql – qanotsiz qush» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 16-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi xizmati mutaxassisi A.Abieva tomonidan «Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Kitobsiz aql – qanotsiz qush» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatga Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogika texnikumi kitobxonlari va maxsus fan o‘qituvchisi Y.Urazimbetova, va texnikum kutubxonachisi M.Seydemetovalar ishtirok etdi. Tadbirni texnikum kutubxoachisi M.Seydemetova kirish so‘z bilan ochib berdi. So‘ngra Axborot-kutubxona mutaxassisi A.Abieva tomonidan «Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» bir hafta maboynida o‘tkazilishi, bundan maqsad aholi orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat ekanligi aytib o‘tildi. Undan so‘ng, Kutubxona va kitob, kitobxonlik haqida ma’lumotlar aytib o‘tdi.

Davra suhbati mazmunli yakunlandi.