Joriy yilning 16-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasi binosida «Zakovatli kitobxon onalar» mavzusida kitobxon onalar bilan birgalikda zakovat intellektual o‘yini tashkillashtirildi. Bunda kutubxonamizning faol kitobxon onalari ishtirok etishdi. Bundan maqsad – onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning bilim va tafakkurini oshirish hamda mazmunli dam olishlarini ta’minlashdan iborat.
Ishtirokchi onalar jamoalarga bo‘linib, turli mavzularda – adabiyot, tarix, milliy qadriyatlar, oilaviy tarbiya va zamonaviy bilimlar yuzasidan berilgan zakovat savollariga javob berdilar. Har bir savol onalarning dunyoqarashi, tezkor fikrlashi va bilim darajasini sinovdan o‘tkazdi. Zakovat o‘yini do‘stona va samimiy muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, yangi bilimlarga ega bo‘lish bilan birga, kitobga bo‘lgan mehrlarini yanada mustahkamlashdi.
O‘yin yakunida faol ishtirok etgan jamoalar rag‘batlantirildi hamda kitobxonlikni rivojlantirish yo‘lida bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы