Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Qoraqalpoq dostonlari – tarix va ruhiyat aks-sadosi” mavzusida taqdimot va “Kitobxonlik haftaligi”ning yakuniy yopilish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17-aprel  kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 9-sonli umumta’lim maktabida 13-17-aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Qoraqalpoq dostonlari – tarix va ruhiyat aks-sadosi” mavzusida taqdimot va “Kitobxonlik haftaligi”ning yakuniy yopilish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotni 9-sonli umumta’lim maktabining O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi G.Xalillaeva ochib berdi. Tadbir davomida milliy merosimizni keng targ‘ib etish maqsadida qoraqalpoq xalq dostonlariga alohida e’tibor qaratildi va qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodining nodir namunalaridan bo‘lgan dostonlar haqida tayyorlangan slayd taqdimoti namoyish etildi.

Slayd orqali Qoraqalpoq dostonlarining mazmun-mohiyati, mashhur doston qahramonlari, milliy qadriyatlar va an’analar aks ettirilgani, mazkur taqdimot orqali ko‘rsatilib o‘tildi. Ushbu taqdmot o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirdi.

Undan so‘ng “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning yakuniy yopilish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi. Haftalikning asosiy maqsadi – yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobga bo‘lgan mehrni kuchaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yuksaltirishdan iborat ekanligi aytilib o‘tildi. Ushbu haftalikda faol ishtirok etgan barcha kitobxonlarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan minnatdorchilik bildirildi. Tadbir yakunida kitobxonlar so‘zga chiqib o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shular qatorida Axborot-kutubxona markazining faol nuroniy kitobxoni Ayimgul Qojaniyazova tomonidan Axborot-kutubxona markaziga besh nomda etti nusxada kitoblar sovg’a etildi.

Tadbir yakunida 9-sonli maktabning o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy va raqslar namoyish etildi.