Joriy yilning 20-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogika texnikumi tomonidan sayohat tashkillashtirildi. Sayohatga texnikum o‘qituvchilari G.Abdullaeva, M.Seydemetova va texnikum kitobxonlari tashrif buyurishdi.
Sayohatda kutubxona mutaxassislari tomonidan ular uchun kutubxona xizmatlari, o‘quv zali, elektron zali mavjudligi, badiiy adabiyotlar, bolalar adabiyotlari, sohaga oid adabiyotlar, jahon adabiyotlari, gazeta-jurnallardan foydalanish mumkinligi, shuningdek kutubxonada dars tayyorlashi, referat yozishi va qo‘shimcha bilim olishi mumkinligi aytib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы