Joriy yilning 23-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlab “Muhammad Yusuf – xalqning ovozi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
Ko‘rgazmada shoirning hayoti va ijodiga oid adabiyotlar, she’riy to‘plamlari hamda u haqidagi maqolalar o‘rin oldi. Kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlarga A.To‘reniyazova tomonidan Muhammad Yusufning hayot yo‘li, uning Vatanga, ona yurtga bo‘lgan cheksiz muhabbati aks etgan she’rlari haqida ma’lumot berildi.
Kitobxonlar shoirning mashhur asarlari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Bunday ko‘rgazmalar yosh avlodni kitobxonlikka, milliy adabiyotimizni qadrlashga undaydi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы