Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira muqaddas, qadr abadiy” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 7-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira muqaddas, qadr abadiy” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmada xalqimizning jasorati, vatanparvarligi va tarixiy xotirasini aks ettiruvchi badiiy hamda tarixiy asarlar jamlandi. Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar orqali kitobxonlar urush va mehnat faxriylarining matonati, yurt ozodligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lаdilar. Shuningdek, ko‘rgazmada milliy adabiyotimiz namoyandalari ijodi, vatan, tinchlik va inson qadri ulug‘langan asarlar va rasmlar keng o‘rin oldi.

Ko‘rgazmadan asosiy maqsad — yosh avlod qalbida tarixga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iboratdir.