Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Qahramonlar nomi qalblarda yashaydi” mavzusida xotira maskanlariga ziyorat tashkillashtirildi.

Joriy yilning 7-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan “Qahramonlar nomi qalblarda yashaydi” mavzusida xotira maskanlariga ziyorat tashkillashtirildi.

9-may — «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan “Kitobxonlar klubi” a’zolari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli maktabning Tarix fani o‘qituvchisi G.Aldabergenova va maktab kutubxonachisi A.Aymahanovalar ishtirokida xotira maskaniga tashrif tashkil etildi. Tashrif chog’ida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasi yod etildi. 3-sonli maktabning “Kitobxonlar klubi” a’zolari yodgorlik poyiga gullar qo‘yib, xotira va inson qadri haqida suhbatlashdi. Shuningdek, ustozlar tomonidan ajdodlar jasorati, tinchlikning qadriga yetish hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash haqida ezgu fikrlar bildirildi.

O‘tkazilgan ushbu ma’naviy uchrashuv yoshlarni tarixni hurmat qilishiga, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga xizmat qiladi.