Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kutubxonamizning foal kitobxonlarimiz taqdirlandi.

Kutubxonamizning foal kitobxonlarimiz taqdirlandi.

Joriy yilning 26 avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusi doirasida to‘rtinchi tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va kitob mutolaasini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha samarali ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan tumanimizda kitobxonlikni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda keksa nuroniylarimiz, yoshlarimiz, shuning bilan birga kitob mutolaasini rivojlantirishda oilaviy kitob mutolaasiga hissa qo‘shib kelayotgan oilalarimiz talaygina. Shularning ichidan Xalqlar do‘stligi MFY da yashovchi Seytakovlar oilasi,  Obod mahalla MFY da yashovchi Allambergenovlar oilasi, Taxiatosh MFY da yashovchi Saburovlar oilaviy kitobxonlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokim maslahatchisi N.Atiyazova, Axborot kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi D. Xalbayeva, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo’limi G. Reymova, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi mutaxassisi S. Jo‘ldasbayevlar bilan birgalikda xonadonlariga borilib kutubxona tomonidan Faxriy Yorliqlar, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo’limi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi. Tadbir davomida tuman hokim maslahatchisi N. Atiyazova kitobxonlarimizga samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.  Kitobxonlarimiz tomonidan esa minnatdorchiliklar bildirildi.