Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab «Motamsaro Ona» haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

         Joriy yilning 8-may kuni Taxiatosh tumanida barcha tashkilotlar tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab tumandagi «Motamsaro Ona» haykali poyiga tantanali ravishda gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimga Axborot-kutubxona markazi hodimlari ham faol ishtirok etdi.

Bu kun 1941-1945 yillarda urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g’lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan  nuroniylarimiz e’zozlanib, ularga hurmat ko‘rsatiladi.

Bo‘lib o‘tgan mazkur marosim xalqimizning Vatan himoyasi yo‘lida mardonavor kurashgan va g‘alabaga katta hissa qo‘shgan jangchilar xotirasiga shuningdek, jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimizga hurmat va cheksiz ehtirom bildirildi.