Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Xivaga sayohat tashkillashtirildi.

Joriy yilning 10-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘zbekistonning eng qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri Xorazm viloyatida joylashgan Xiva shahriga sayohat tashkillashtirildi.

Xiva shahri o‘zining tarixiy obidalari, qadimiy ko‘chalari va milliy muhiti bilan mashhur. Shaharning eng mashhur qismi — Ichan Qal’a. Bu hudud baland devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ichida ko‘plab masjidlar, madrasalar, minorlar va saroylar joylashgan.

Xiva — tarix, madaniyat va milliy an’analar mujassam bo‘lgan betakror shahar. Shuningdek, yangi barpo qilingan Arda Xivaga ham sayohat etildi. U erdagi chiroyli manzara, sharsharalar va suvlardagi qayiqlar bularning barchasi ajoyib manzarani aks ettiradi.

Axborot-kutubxona markazi xodimlari sayohatdan ajoyib va unutilmas taassurotlar bilan qaytishdi.